Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Meksikada xorijiy aralashuv aniqlangan taqdirda saylov natijalari bekor qilinadi

Meksikada xorijiy aralashuv aniqlangan taqdirda saylov natijalari bekor qilinadi

Meksika deputatlar palatasi (parlamentning quyi palatasi) xorijiy aralashuv holatida saylov natijalarini bekor qilishni nazarda tutuvchi konstitusiyaviy islohotni ma’qulladi, deb xabar beradi TASS.

– Konstitusiyaning 41-moddasining VI bo‘limiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi farmon loyihasi umumiy va alohida bandlarda ma’qullandi. Hujjatga xorijiy aralashuv tufayli saylovlarni bekor qilish uchun yangi asoslarni kirituvchi band kiritiladi, — deyiladi deputatlar palatasi bayonotida.

Xabarga ko‘ra, tashabbusni 307 deputat qo‘llab-quvvatladi, 128 nafari qarshi ovoz berdi va yana bittasi betaraf qoldi.

Tuzatishlarga ko‘ra, agar xorijiy sub’ektlar, siyosiy kuchlar yoki tashqi moliyalashtirish saylov natijalariga ta’sir qilgani isbotlansa, ovoz berish natijalari ham alohida saylov uchastkalarida, ham butun mamlakat bo‘ylab bekor qilinishi mumkin.

El Universal gazetasining xabar berishicha, tashabbus muallifi hukmron partiya fraksiyasi koordinatori Rikardo Monrealdir.

Nashr ta’kidlaganidek, islohot milliy suverenitetni himoya qilish va xorijiy aralashuvga qarshi kurashishga qaratilgan.

Kiritildi: Bugun 14:52. O'qildi: 172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!