Meksikaning Puebla shtatida sodir bo‘lgan qurolli hujumda o‘n kishi, jumladan, bir bola halok bo‘ldi.
Bu haqda shtat Jamoat xavfsizligi vazirligi ma’lum qildi.
"Teuitsingo munisipalitetida qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujumda olti erkak, uch ayol va bir bola halok bo‘ldi", dedi vazirlik.
Shtat va federal kuchlar jinoyatchilarni topish uchun qo‘shma tergov va operasiyani boshladilar.