Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Meksikada hokim o‘ldirib ketilganidan keyin xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Meksikada hokim o‘ldirib ketilganidan keyin xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Meksika hukumati Michoakan shtatining Uruapan shahri meri Karlos Mansoning o‘ldirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan norozilik namoyishlaridan so‘ng Michoakan shtatida xavfsizlikni kuchaytirish choralarini ko‘radi.

Bloomberg nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Meksika hukumati Michoakandagi xavfsizlikni yaxshilash va 10 mingdan ortiq askarni joylashtirish uchun 3,1 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritadi.

1 noyabr kuni Michoakanning ikkinchi yirik shahri Uruapan meri Karlos Manso Meksikada O‘lganlar kunini nishonlash chog‘ida otib o‘ldirilgan edi.

Kiritildi: Bugun 08:20. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!