Bugun 12 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xotin-qizlarga farzandi 1 yoshga to‘lgunga qadar nafaqa beriladi

Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xotin-qizlarga farzandi 1 yoshga to‘lgunga qadar nafaqa beriladi



📙 Farmonga ko‘ra, “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari saqlab qolingan holda ularning mablag‘larini tasarruf etish hamda ular hisobidan ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish vakolatlari tuman (shahar) shtablariga o‘tkaziladi.

2027 yil 1 yanvardan:

🔸 aholining ijtimoiy yordam va xizmatlarga muhtojligini o‘rganish hamda Ijtimoiy reestrga kiritish ularning moliyaviy holatidan tashqari oila a’zolaridagi surunkali kasalliklar, nogironlik, tashqi mehnat migrasiyasi, oilaning ko‘p bolali ekanligi kabi mezonlar asosidagi ko‘p o‘lchovli baholash tizimi orqali amalga oshiriladi;

🔸 ko‘p o‘lchovli baholash tizimi doirasida oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati balli skoring tizimi orqali baholanib, uning natijalariga ko‘ra oilalar tegishli toifalarga ajratilgan holda ijtimoiy yordam va xizmatlar bilan qamrab olinadi.

💵 2027 yil 1 yanvardan mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xotin-qizlarga ularga berilgan homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan kundan boshlab farzandi 1 yoshga to‘lgunga qadar Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan bolani parvarishlash nafaqasini to‘lash tartibi joriy etiladi.

💸 Ijtimoiy reestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar a’zolariga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2026 yilda qo‘shimcha ravishda 100 mlrd so‘m, 2027 yilda 300 mlrd so‘m foizsiz kreditlar ajratiladi.

Kiritildi: Bugun 14:00. O'qildi: 140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!