2027 yil 1 yanvardan mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xotin-qizlarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan so‘ng, farzandi 1 yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash nafaqasi to‘lanadi.
Shu sanadan boshlab oilalarni Ijtimoiy reestrga kiritishda faqat daromad emas, nogironlik, surunkali kasallik, tashqi mehnat migrasiyasi va ko‘p bolalilik kabi mezonlar ham hisobga olinadi.
Shuningdek, «davlat ta’minotidagi oila» toifasiga kiritilgan oilalarga oilaviy tadbirkorlik uchun 2026 yilda 100 mlrd so‘m, 2027 yilda 300 mlrd so‘m foizsiz kredit ajratiladi.