Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

“An’analarimizni masxara qilishdi”: Marubo qabilasi 180 million dollarlik da’vo qo‘zg‘adi

“An’analarimizni masxara qilishdi”: Marubo qabilasi 180 million dollarlik da’vo qo‘zg‘adi

Amazonka qabilasi ularni "pornoga tobe" deb tasvirlagan maqola sababli New York Times’ga qarshi sud da’vosi ochdi.

Taxminan 2000 kishidan iborat Marubo qabilasi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasining sun’iy yo‘ldosh internet xizmati - Starlink’ka ulanganidan to‘qqiz oy o‘tib yozilgan NYT maqolasida ta’kidlanishicha, qabila "allaqachon ko‘p yillardan beri amerikalik oilalarni qiynab kelayotgan muammolarga duch kelmoqda."

Tuhmat to‘g‘risidagi da’voda ko‘rsatilishicha, Amerika gazetasining maqolasida Marubo qabilasi "internetning oddiy ta’siriga ham bardosh bera olmaydigan" jamoa sifatida tasvirlangan va "qabila yoshlari pornografiyaga qiziqib qolgan" degan fikr keng tarqalganiga alohida e’tibor qaratilgan.

Da’voda TMZ va Yahoo saytlari ham javobgar sifatida ko‘rsatilgan. Unda ta’kidlanishicha, ularning yangilik lavhalari "qabila yoshlarini masxara qiladi" va "uning an’analarini noto‘g‘ri talqin etadi."

Marubo qabilasi kamida 180 million dollar miqdorida zarar qoplanishini talab qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 06:57. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!