Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Medvedev Tramp bilan bahsni davom ettirib, Oq uy rahbariga “O‘lik qo‘l” bilan tahdid qildi

 Medvedev Tramp bilan bahsni davom ettirib, Oq uy rahbariga “O‘lik qo‘l” bilan tahdid qildi

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari AQSh prezidentining postiga javob berdi, unda Tramp Medvedevni "omadsiz prezident" deb atagan va rossiyalik siyosatchidan "gaplarini o‘ylab gapirishni" talab qilgan edi.

"Jahldor Trampning asabiy reaksiyasi Rossiya har tomonlama haq ekani va o‘z yo‘lida davom etishini anglatadi", — deb yozdi rossiyalik rasmiy.

Shuningdek, mojaroli postlari bilan tanilgan Medvedev AQSh prezidentiga “O‘lik qo‘l” qanchalik xavfli bo‘lishi mumkinligini" eslatib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, “O‘lik qo‘l” deb Sovet Ittifoqida “Sovuq urush” davrida ishlab chiqilgan "Perimetr" nomli avtomatlashtirilgan yadroviy javob tizimi ataladi. Bu tizim mamlakat rahbariyati yo‘q qilingan va buyruq markazlari bilan aloqa uzilgan taqdirda, ommaviy yadro zarbasini avtomatik tarzda amalga oshirishi uchun yaratilgan.

Kiritildi: 14:33 31.07.2025. O'qildi: 2325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!