Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Medinskiy bugun Ukraina mudofaa vaziri Umerov bilan bo‘lgan suhbatga izoh berdi

Medinskiy bugun Ukraina mudofaa vaziri Umerov bilan bo‘lgan suhbatga izoh berdi

“Men dunyo axborot agentliklari tarqatgan xabarlarni o‘qib chiqdim. U yerda go‘yoki Rustam Umerov menga qo‘ng‘iroq qilgani va biz hozircha tayyorlamagan Memorandum haqida aytilgan.

Hammasi deyarli shunday bo‘lgan. Faqat aksincha.

Aslida men bugun Umerovga qo‘ng‘iroq qilib, memorandumlar bilan almashish uchun uchrashuvning aniq sanasi va joyini taklif qildim. O‘sha joyda biz kelajakdagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimining har bir bandini jiddiy muhokama qilishni boshlashga tayyormiz, dedim.

Ukraina tomoni o‘zaro maslahatlashish uchun ketdi. Aftidan, suhbat cho‘zilib ketgan. Biz ulardan imkon qadar tezroq tasdiqlashni kutamiz. Biz belgilangan sanada - yaqin vaqt ichida uchrashishga va ish boshlashga tayyormiz. Uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish va insonlar hayotini saqlab qolish uchun”, - dedi Rossiya muzokarachilar guruhi rahbari Vldimir Medinskiy.

Kiritildi: 20:45 28.05.2025. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!