«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Xitoyning sobiq rahbari Mao Szedun bilan bog‘liq internet memi haqidagi so‘zlari ortidan jiddiy mojaroga duch keldi.
Fransiyalik futbolchi intervyulardan birida o‘zining yuzi Xitoyning sobiq rahbari suratiga joylashtirilgan memni kulgili deb atagan. Bu so‘zlar Xitoyda keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. Natijada Mengniu, Dongpeng va Milkground kompaniyalari Mbappe bilan hamkorlikni to‘xtatdi.
Mojaro Ispaniya chempionatiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Xitoyning CCTV davlat telekompaniyasi La Liga o‘yinlari translyasiyalarini to‘xtatdi. Futbolchi hamda «Real» va La Liga rahbariyati vaziyat yuzasidan uzr so‘radi.
Mbappe o‘z so‘zlari o‘ylamasdan aytilganini tan olib, Xitoy xalqi va uning tarixiga hurmat bilan munosabatda ekanini bildirdi. Shunga qaramay, mojaroning tijoriy oqibatlari hali to‘liq bartaraf etilmagan.