Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mbappe Ronalduni ham ortda qoldirib ketdi

Mbappe Ronalduni ham ortda qoldirib ketdi

Shu hafta Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan "Real" - "Levante" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Xabi Alonso shogirdlari 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani tantana qildi. "Qirollik klubi" safida yulduz hujumchi Kilian Mbappe dubl qayd etdi.

Realmadridconfidencial xabariga ko‘ra, yulduz fransuz Ispaniya La Ligasida "qaymoqranglilar"ning 40 ta o‘yinida 38 ta gol urgan. Mbappe portugaliyalik to‘purar Krishtianu Ronalduning natijasini ortda qoldirdi. Besh karra "Oltin to‘p" sohibi madridliklar safida chempionatdagi dastlabki 40 ta o‘yinda 37 ta gol urgan.

Kilian joriy mavsum La Ligada 6 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 20:13 25.09.2025. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!