Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Mbappe "Real" tarixida debyut mavsumida 40 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Mbappe "Real" tarixida debyut mavsumida 40 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

La Liganing 36-turida "Malyorka"ga (2:1) urilgan gol "Real" hujumchisi Kilian Mbappe uchun Madrid jamoasi libosidagi 40-gol bo‘ldi.

Squawka xabariga ko‘ra, 26 yoshli fransuz klub tarixida debyut mavsumida shuncha gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Mbappening La Ligada 28 ta, Chempionlar ligasida 7 ta, Ispaniya kubogida 2 ta, qit’alararo kubok, Ispaniya Superkubogi va UYEFA Superkubogida bittadan goli bor.

MisterCHip ma’lumotlariga ko‘ra, u Ispaniya futbolidagi birinchi mavsumida 40 yoki undan ortiq gol urgan tarixdagi ikkinchi futbolchi hamdir. Bungacha faqat braziliyalik Ronaldo bunga muvaffaq bo‘lgan, u 1996/97 yilgi mavsumda "Barselona"dagi birinchi mavsumida 47 ta gol urgan.

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "Real"dagi birinchi mavsumida 33 ta gol urdi.

Kiritildi: Bugun 05:14. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!