Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mbappe qanday qilib «Oltin to‘p»ni yutishi mumkin? Eden Azar javob berdi

Mbappe qanday qilib «Oltin to‘p»ni yutishi mumkin? Eden Azar javob berdi

Londonning "Chelsi" va Madridning "Real" klublari sobiq yarim himoyachisi Eden Azar Fransiya terma jamoasi va "qirollik klubi" hujumchisi Kilian Mbappening "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Kilian "Oltin to‘p"ni oladi. Buning uchun u Chempionlar Ligasi va La Liga g‘olibi bo‘lishi kerak. Yoki o‘z terma jamoasi bilan mundialda uzoqroqqa borish. Kelajakda u ushbu mukofot sohibiga aylanishi aniq," - deya belgiyalikning so‘zlarini keltiradi TF1.

Joriy mavsumda fransiyalik forvard "qaymoqranglilar" safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol va beshta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Mbappening bozor narxi 200 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:08. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!