Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQShni so‘nggi 100 yildagi eng qudratlilaridan biri hisoblangan “Fern” qor bo‘roni qamrab oldi

AQShni so‘nggi 100 yildagi eng qudratlilaridan biri hisoblangan “Fern” qor bo‘roni qamrab oldi

Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noqulay ob-havo 37 shtatga, jumladan mamlakat janubidagi Texas, Luiziana va Nyu-Meksikodan tortib, O‘rta G‘arb va O‘rta Atlantika mintaqasigacha ta’sir ko‘rsatgan. Hozirgacha 13 mingdan ortiq aviareyslar bekor qilingan. Bo‘ron sababli taxminan 139 ming uy elektr ta’minotisiz qolgan.

18 shtatda favqulodda holat e’lon qilingan. Aholi supermarketlardagi mahsulotlarni ommaviy ravishda xarid qilib, peshtaxtalarni bo‘shatmoqda. Kutilmalarga ko‘ra, qor bo‘roni, kuchli qor yog‘ishi va muz yomg‘iri kamida yanvar oyi oxirigacha davom etadi.

Nyu-Yorkda ob-havo sharoiti sabab halok bo‘lgan uch nafar insonning jasadi topilgan. Shahar meri Zoxran Mamdanining so‘zlariga ko‘ra, shaharda kamida 20–23 sm qor yoqqan.

Kiritildi: Bugun 12:08. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!