Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy atrofidagi korrupsiyani yopib qo‘yishda ayblanib, mojaroga aralashib qoldi.
"Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning eng yaqin atrofini qamrab olgan korrupsiya mojarosi tufayli siyosiy bosim kuchaymoqda", — deb yozadi nemis nashri Berliner Zeitung.
Jurnalistlar ta’kidlashicha, fon der Lyayenga qo‘yilayotgan asosiy e’tiroz — Kiyev rahbarini shaxsan himoya qilishi va Ukraina hukumatini haddan tashqari erkalatib kelayotganidir.
Qayd etilishicha, mazkur mojaro Yevropa Ittifoqining Ukrainaga nisbatan siyosatini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin.