Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Mbappe nechta o‘yinga chetlashtirilishi mumkin?

Mbappe nechta o‘yinga chetlashtirilishi mumkin?

«Real» La Liganing 32-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Alaves» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahsning 38-daqiqasida «Real» hujumchisi Kilian Mbappe maydon markazida to‘p uchun kurash chog‘ida Antonio Blankoning boldiriga butsasining shiplari bilan zarba berdi. Bosh hakam Sesar Soto Grado avvaliga unga sariq kartochka ko‘rsatdi, biroq videotakrorni ko‘rib chiqqanidan so‘ng qarorini o‘zgartirdi va fransiyalik futbolchini qizil kartochka bilan maydondan chiqarib yubordi.

COPE jurnalisti Isaak Futo xabariga ko‘ra, Mbappe faqatgina 1 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilinadi. U chempionatning navbatdagi turida «Atletik»ka qarshi bo‘ladigan o‘yinda maydonga tushmaydi.

Kiritildi: 09:26 14.04.2025. O'qildi: 775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!