Modern.az xabariga ko‘ra, bu haqda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ma’lum qildi.
"Putin Yevropani provokasiyaga tortmoqda, chunki u jang maydonidagi vaziyatdan — Ukrainadagi urushdan — e’tiborni chalg‘itishga muhtoj. U yangi dushman izlamoqda va bu yangi dushman Yevropa bo‘lishi mumkin" - dedi Italiya Bosh vaziri.
Italiya bosh vaziri Yevropa davlatlarini hushyor bo‘lishga va vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishga chaqirdi.
"Albatta, biz hushyor bo‘lishimiz, vaziyatni kuzatib borishimiz va hozir qilayotgan ishlarimizni davom ettirishimiz kerak. Ammo men Putinga bunday afzallik berish kerak deb o‘ylamayman.
Ishonchim komilki, biz, ayniqsa, hozirgi paytda sovuqqonlikni saqlashimiz kerak," - dedi Meloni.
Shuningdek, Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Yevropa Kengashi yig‘ilishidan oldin Tramp-Putin kelishuvini ochiqchasiga qoraladi.