Haaretz nashrining xabar berishicha, Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Isroilning husiylarga qarshi birgalikda harakat qilish tashabbusini rad etgan. Bosh vazir Netanyaxu Vashington orqali Isroil harbiylarining Yaman va Qizil dengizdagi amaliyotlarda ishtirok etishi uchun Ar-Riyodning roziligini olishga uringan edi.
Valiahd shahzoda mamlakat ichkarisida jamoatchilikning salbiy munosabati yuzaga kelishi xavfi hamda Qirollikning Islom olamidagi obro‘siga putur yetishi mumkinligi sababli ushbu tashabbusga qarshi chiqdi. Shuningdek, Ar-Riyod Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish faqat mustaqil Falastin davlati tashkil etilgandan keyingina mumkin, degan pozisiyada qolmoqda.