Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Indoneziyada osmon to‘q sariq tusga kirdi

Indoneziyada osmon to‘q sariq tusga kirdi

Indoneziyada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida ayrim hududlarni quyuq tutun qoplab, osmon to‘q sariq tusga kirdi.

Ayniqsa, Markaziy Kalimantan provinsiyasida vaziyat og‘ir. Tutun sabab ko‘rish masofasi keskin qisqargan, havoning ifloslanish darajasi esa xavfli ko‘rsatkichlarga yetgan.

Mamlakatda 270 mingdan ortiq odamda o‘tkir nafas yo‘llari infeksiyasi qayd etilgan.

Eng zaif toifalar - homilador ayollar, bolalar, keksalar va surunkali o‘pka kasalliklari bilan og‘rigan bemorlardir. Aholiga havoni filtrlash uchun maxsus respiratorlar bilan ko‘chaga chiqish tavsiya etildi.

Avvalroq, Indoneziyadagi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari uzoq davom etgan qurg‘oqchilik va El-Nino hodisasi tufayli to‘liq transchegaraviy inqirozga aylangani xabar berilgandi. Sumatra va Kalimantan orollaridagi yong‘inlar tutuni Malayziya va Singapurga yetib bordi.

Singapurda havo ifloslanishi indeksi 216 punktga yetdi, Malayziya hukumati esa bir nechta shtatlarda maktablarni yopdi.

Kiritildi: 23:42 14.10.2026. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!