Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Mbappe Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o‘ynashi mumkin

Mbappe Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o‘ynashi mumkin

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya Superkubogi yarimfinalidan o‘rin olgan "Atletiko"ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng hujumchi Kilian Mbappe finalda o‘ynashi mumkinligini ma’lum qildi. 27 yoshli fransuz tez orada Saudiya Arabistoniga uchib keladi.

"U yaqin 24 soat ichida Saudiya Arabistoniga keladi. Kilian o‘zini ancha yaxshi his qilyapti. Uning finalda o‘ynash imkoniyati bor", - deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi Marca.

Mbappe tizzasidan olgan jarohati tufayli "Atletiko" va La Liga 18-turidan o‘rin olgan "Betis"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Ispaniya Superkubogi finali "Barselona" - "Real" bahsi 11 yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:00 09.01.2026. O'qildi: 701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!