Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mbappe Fransiya terma jamoasining Zidan qo‘l ostidagi ilk o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

Mbappe Fransiya terma jamoasining Zidan qo‘l ostidagi ilk o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasining Millatlar ligasidagi ilk o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin. The Touchline xabariga ko‘ra, yulduz hujumchi seshanba kuni grippga o‘xshash alomatlar sabab mashg‘ulotda ishtirok etmagan.

Shuningdek, Mbappe dushanba kuni ham ochiq maydonda mashq qilmagan va zalda alohida shug‘ullangan.

Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasidagi mavsumning ilk uchrashuvini 25 sentyabr, juma kuni o‘tkazadi. «Uch ranglilar» safarda Turkiyaga qarshi maydonga tushadi. Bu bahs Zinedin Zidan uchun Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi debyut o‘yini bo‘ladi.

Kilian Mbappening holati bo‘yicha yangiliklar kuzatib borilmoqda. Yaqin soatlarda Fransiyada terma jamoa sardorining sog‘lig‘i haqida qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 23:26 22.09.2026. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!