Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

"Mbappe ertami-kechmi "Oltin to‘p"ni yutadi"

"Mbappe ertami-kechmi "Oltin to‘p"ni yutadi"

"PSJ"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning "Al-Duhail" klubida to‘p tepayotgan Marko Verratti Madridning "Real" klubi forvardi Kilian Mbappe haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Italiyalik fransuz bilan "Pari Sen-Jermen"da birga o‘ynagan.

"Kilian muvaffaqiyatga intiladi, u har doim g‘alaba uchun kurashadi. Ishonchim komilki, u ertami-kechmi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi," - dedi Verratti La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Mbappe o‘tgan yilning yozida "PSJ"dan "Real"ga erkin agent sifatida o‘tgandi. "Qaymoqranglilar" safidagi debyut mavsumida hujumchi 59 ta o‘yinda 44 ta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:05 31.07.2025. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!