Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mbappe «Bavariya» yulduzini «Real»ga chaqirdi

Mbappe «Bavariya» yulduzini «Real»ga chaqirdi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoa tarkibiga fransiyalik yulduz futbolchi kelishini istamoqda.

L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, Kilian hozirda "Bavariya" safida harakat qilayotgan Maykl Oliseni "Real"ga chaqirgan. 24 yoshli fransuzga Angliyaning bir qator grandlari ham da’vogarlik qilmoqda.

Olise hozirda Transfermarkt portalida 130 million yevroga baholanmoqda. Uning shartnoma muddati 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fransuz joriy mavsumda jami 25 ta o‘yinda 10 ta gol urib, 14 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:45 23.12.2025. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!