Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mbappe "Barsa"ga qarshi o‘ynaydimi? Xabi Alonso javob berdi

Mbappe "Barsa"ga qarshi o‘ynaydimi? Xabi Alonso javob berdi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappe maydonga qaytishga yaqin ekani va hozirda o‘zini ancha yaxshi his qilayotganini aytdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, fransuzning "Barselona"ga qarshi bo‘lajak o‘yinda maydonga tushishi yoki tushmasligi uning mashg‘ulotlardagi holati o‘rganilgandan so‘ng hal qilinadi.

- Mbappe o‘zini ancha yaxshi his qilyapti. "Atletiko"ga qarshi o‘yinga u to‘liq tayyor emasdi va finalda o‘ynash imkoniyatini hisobga olib, uning qaytishini tezlashtirmaslikka qaror qildik. U kecha uchib keldi va bugun jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazadi. Barchasini baholab, uning asosiy tarkibda tushishi yoki kamroq o‘ynashini hal qilamiz," - dedi Alonso.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi uchrashuv 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 19:29 10.01.2026. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!