Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Maykl Jordanning 33 yil oldin kiygan formasi auksionda juda qimmatga sotildi

Maykl Jordanning 33 yil oldin kiygan formasi auksionda juda qimmatga sotildi

Bu basketbol afsonasini "Chikago Bulls" bilan ketma-ket uch marotaba chempion bo‘lgan davrdan (1991-1993) qolgan yagona formasi sanaladi.

Sport Investors Authentication yozishicha, sportchi bu formada 1992 yilning 6 noyabridan 1993 yilning 24 martigacha (32 ta o‘yin) mehmon o‘yinlarida harakat qilgan. 1992-93 yilgi mavsum Jordan uchun muvaffaqiyatli kechgan.

Maykl o‘sha mavsum "Chikago Bulls" safida MBA chempioni va ketma-ket yettinchi marotaba MBA`da ochko to‘plash bo‘yicha yetakchilik qilgan. 1993 yilgi Sports Illustrated jurnali muqovasi uchun tushgan suratda Jordan aynan shu libosda bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Maykl Jordanning 1998 yilgi MBA finalida kiygan formasi auksionda 10 million dollarga sotilib, rekord natijani qayd etgandi.

Maykl Jordanning 33 yil oldin kiygan formasi auksionda juda qimmatga sotildi

Kiritildi: 23:16 19.05.2025. O'qildi: 829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!