Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Maxachev: "Oq uyda jang qilishni istardim, ammo..."

Maxachev: "Oq uyda jang qilishni istardim, ammo..."

UFC yarim o‘rta vazn chempioni Islam Maxachev Oq uyda o‘tadigan turnirda ishtirok etishni xohlashini aytdi.

Lekin sportchi jamoasi bu g‘oyani ma’qullamayotganini aytdi.

"Oq uyda katta turnir bo‘ladi. Bu tashkilot tarixidagi eng katta yoki eng yirik turnirlardan biri. U yerda jang qilishni istardim, lekin jamoa bu g‘oyamni unchalik ma’qullamayapti. Xabib bilan o‘tirib, buni yana muhokama qilishimiz kerak. U bir intervyuda mening u yerda jang qilishimni istamasligini aytgandi.

Nima uchun? Bilmayman. Balki sana to‘g‘ri kelmayotgandir. Biz hali buni muhokama qilmadik. Menimcha, tarix uchun bu yerda jang qilish juda zo‘r bo‘lardi. Bu birinchi va oxirgi marta bo‘lishi mumkin.

Albatta, UFC mening ishtirokimdan manfaatdor. Ammo u yerda yana yetti yoki sakkizta chempionlik jangi bo‘ladi. Men uchun bu sana juda qulay — Ramazondan keyingi davrga to‘g‘ri keladi", — dedi Maxachev "Match TV" efirida.

Kiritildi: 23:49 14.01.2026. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!