Prezidentning 2025 yil 2 apreldagi 18-1-600/2-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Loyiha bilan, jumladan, YTHlarni mastlik holatida yoki giyohvand vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida sodir etganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif etilib, bunda JKning 266-moddasi 2-qismi dispozisiyasini yangi tahrirda qabul qilib, mastlik holatida yoki giyohvand vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidagi shaxs tomonidan sodir etilgan YTHlarni alohida jinoyat tarkibi sifatida belgilash taklif etilmoqda.
Ya’ni, transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish mastlik holatida yoki giyohvand vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidagi shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ma’lumot uchun, 2021 yilda umumiy yo‘l-transport hodisalari jami 10 001 tani tashkil etib, shundan, 2 197 tasi o‘lim bilan bog‘liq holatlar, 7 804 tasi tan jarohati bilan bog‘liq holatlarni tashkil etgan.
Shuningdek: