Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Mask nashavandmi?

Mask nashavandmi?

Kongress: Mask giyohvand modda iste’moli bo‘yicha testdan o‘tishi kerak.

AQSh Demokratik partiyasi vakili Mayki Sherrill yangi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Agar bu hujjat qabul qilinsa, Prezident Donald Trampning ittifoqchisi, Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask va uning xodimlari giyohvand moddalar iste’moli bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Shu mazmundagi ma’lumotni “Axios” yangiliklar portali qonun loyihasiga tayanib tarqatgan.

Nashr yozishicha, demokratlar “Vakillar palatasiga Trampning o‘rinbosari va milliarder Ilon Maskni, shuningdek uning qo‘li ostidagilarni giyohvand moddalarga nisbatan standart tekshiruvdan o‘tkazishga majbur qiladigan xavfli qonun loyihasini kiritmoqda”.

- Qonun maxsus davlat xizmatchilari, jumladan DOGE xodimlarini ishga kirishishdan oldin muayyan tekshiruvdan o‘tishni talab qiladi, - deb yozgan portal. - Agar natija musbat chiqsa, bunday xodim federal xizmatdan kamida bir yil chetlatilishi lozim. Binobarin, mazkur tashabbus yaqin orada qonunga aylanishi dargumon, chunki Kongressning ikkala palatasi ham, Oq uy ham respublikachilar nazoratida.

2023 yil "Wall Street Journal" Mask ketamin qabul qilayotgani haqida maqola chop etgan edi. 2024 yil yanvarda nashr yangi manbalarga tayanib, Mask turli dori vositalari, xususan ketamindan foydalanishda davom etayotganini yozib, bu odat nafaqat o‘z sog‘lig‘i, balki uning rahbarligidagi kompaniyalar uchun ham jiddiy oqibatga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagandi.

Kiritildi: 20:50 02.04.2025. O'qildi: 1520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!