Amerikalik tadbirkor Ilon Mask boshchiligidagi AQSh Davlat samaradorligi departamenti (DOGE) AQSh davlat xarajatlarini 65 milliard dollarga qisqartirdi.
Bu haqda DOGE saytida e’lon qilingan hisobotda aytiladi.
"DOGE'ning umumiy taxminiy tejamkorligi 65 milliard dollarni tashkil etadi," - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bunday summaga firibgarlikni bartaraf etish, shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish, xodimlar sonini qisqartirish, shuningdek, xarajatlarni kamaytirish choralari tufayli erishilgan.
Bundan tashqari, departament davlat xarajatlarini optimallashtirishning barcha holatlarini "shaffof formatda" e’lon qilishni davom ettiradi.