Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mask Buyuk Britaniya parlamentini tarqatib yuborishga chaqirdi

Mask Buyuk Britaniya parlamentini tarqatib yuborishga chaqirdi

Amerikalik biznesmen va milliarder Ilon Mask o‘ng qanot faoli Tommi Robinsonning mitingida onlayn tarzda chiqish qilib, Buyuk Britaniya parlamentini tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga chaqirdi.

Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

"Keyingi saylovga to‘rt yil vaqtimiz yo‘q yoki qancha vaqt bo‘lsa ham. Bu juda uzoq. Nimadir qilish kerak. Parlamentni tarqatib, yangi ovoz berishni o‘tkazish kerak", - deydi tadbirkor.

Maskning qayd etishicha, Britaniya nazoratsiz migrasiya, byurokratiya va so‘z erkinligi cheklovlaridan aziyat chekmoqda va shuning uchun hukumat keng ko‘lamli islohotlarga muhtoj.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni London markazida o‘ng qanot “Angliya mudofaa ligasi” tashkiloti asoschisi, taniqli faol va muhojirlar muxolifi Tommi Robinson tomonidan tashkil etilgan namoyish bo‘lib o‘tdi. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, namoyish ishtirokchilari soni allaqachon 110 mingga yetgan.

Namoyish paytida namoyishchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar ham qayd etilgan, to‘qqiz kishi hibsga olingan.

Kiritildi: 13:00 14.09.2025. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!