Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Mask AI gigantini yaratmoqda

 Mask AI gigantini yaratmoqda

Ilgari Twitter nomi bilan tanilgan X ijtimoiy tarmog‘ini Ilon Mask asos solgan xAI startapi sotib oldi. Milliarder 29-mart kuni o‘z platformasida 45 milliard dollarlik bitim yakunlanganini e’lon qildi.

❕ Maskning so‘zlariga ko‘ra, X ning taxminiy qiymati 33 milliard dollarni (12 milliard dollar qarzni hisobga olmaganda), xAI esa 80 milliard dollarni tashkil qilgan. Natijada bozorda yangi tuzilma - XAI Holdings paydo bo‘ldi, uning kapitallashuvi Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, qarzni hisobga olmaganda 100 milliard dollardan oshadi.

"XAI va X kelajagi bir-biriga bog‘langan", deb yozgan Mask. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt va media imkoniyatlarini birlashtirish "insoniyat taraqqiyotini tezlashtiradigan" platformani yaratadi.

Twitter 2022-yilda Mask tomonidan 44 milliard dollarga sotib olingan va keyinchalik uni X deb o‘zgartirilgan. 2025-yil yanvarida AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) Maskni Twitter aksiyalariga egalik huquqini oshkor qilish qoidalarini buzganlikda ayblab, sudga berdi. SEC ma’lumotlariga ko‘ra, 5% dan yuqori ulushni oshkor qilishning kechikishi milliarderga 150 million dollardan ortiq mablag‘ni tejash imkonini berdi. Mask bu da’volarni "bema’nilik" deb atadi va SEC "buzilgan tashkilot" ekanligini aytdi.

U 4 aprelgacha da’voga rasmiy javob berishi kerak. Mask mart oyida chaqiruv qog‘ozini olgan va avvalroq uning hukumat departamenti DOGE SECga qarshi shikoyatlarni yig‘ish kampaniyasini boshlagan, biroq hozircha boshqa chora ko‘rilmagan.

Startap xAI 2023 yilda tashkil etilgan va Grok chatbotini ishlab chiqqan. 2024-yil dekabr oyida kompaniya 6 milliard dollar yig‘di va 40 milliard dollarga baholandi. 2025-yil boshida manbalar xAI investisiyalarning yangi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgani va uning qiymatini 75 milliard dollarga ko‘tarishi haqida xabar berishdi.

Forbes Real-Time Billionaires ma’lumotlariga ko‘ra, Ilon Maskning sof boyligi 29-mart holatiga ko‘ra 342,9 milliard dollarni tashkil qiladi. U hali ham sayyoramizning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 22:14 29.03.2025. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!