Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Mashina olib qochishda gumonlangan sobiq sudyaga jinoiy ish ochildi

Mashina olib qochishda gumonlangan sobiq sudyaga jinoiy ish ochildi

Toshkent shahridagi kafelarning biridan mast holda chiqqan va mashina o‘g‘irlashda gumonlangan sudyaning vakolati muddatidan avval tugatilgani xabar berilgandi. Endilikda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda jamoatchilikka Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov xabar berdi.

Mazkur xabarni “Daryo”ga tasdiqlagan Toshkent shahar prokuraturasi axborot xizmatiga ko‘ra, sobiq sudya transport vositasini olib qochishda gumonlanmoqda.

“Daryo” manbasi sudya Rustam Rahmonovning qilmishi yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra, u Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun qolaversa, uning arizasiga binoan vakolati muddatidan avval tugatilganini ma’lum qilgandi. Manba shuningdek, o‘sha kuni sobiq sudya Rahmonovning yonida bo‘lgan ikki nafar sudyaga nisbatan ham xizmat tekshiruvi tayinlanganini ochiqlagandi. Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati bu bo‘yicha aniqlanadigan holatlar borligini aytib, keyinchalik batafsil ma’lumot berilishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 17:28 07.05.2025. O'qildi: 541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!