Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Mashhur “Al Hilol” klubi Qarshiga keladi

A A A
Mashhur “Al Hilol” klubi Qarshiga keladi

Qur’a natijasida “Nasaf” Saudiya, Eron va Iroqning kuchli jamoalari bilan bir guruhga tushdi.

Bugun, 15-avgust kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Elit Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) guruh bosqichi uchun qur’a tashlandi. Qarshining “Nasaf” klubi Saudiya Arabistonining yulduzli “Al Hilol” jamoasi bilan bir guruhga tushdi va ushbu raqib bilan o‘z uyida kuch sinashadi.

“Nasaf”ning guruhdagi raqiblari orasida Eronning “Traktor”, Iroqning “Ash-Shorta” va BAAning “Al-Vahda” klublari ham bor. Safarda esa o‘zbekistonlik futbolchilar “Shabab al-Ahli”, “Sharja” (ikkalasi ham BAA), shuningdek, Saudiya grandlari — “Al-Ittihod” va “Al-Ahli”ga qarshi o‘ynaydi.

Elit OCHL uchrashuvlari 15-sentyabrda start oladi va 2026-yil mayiga qadar davom etadi. Guruh bosqichi sentyabr–fevral oylarida o‘tkazilib, yakuniy bosqich — chorak finaldan finalgacha bo‘lgan o‘yinlar — 2026-yil aprel oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, OCHL 2 turnirida qatnashadigan Andijonning “Burgutlar” jamoasi ham o‘z raqiblarini bilib oldi. Ular Qatarning “Al Axli”, Turkmanistonning “Arqadag‘” va Bahraynning “Al Xoldiya” klublariga qarshi maydonga tushadi. Shu tariqa, yangi mavsumda o‘zbek klublarini Osiyo miqyosida juda qiziqarli va kuchli raqobat kutmoqda.

Kiritildi: 16:42 15.08.2025. O'qildi: 1619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!