Nyu-Yorkda yer yuzida topilgan eng katta marsian meteoriti — NWA 16788 sotuvga qo‘yildi.
Associated Press xabar berishicha, bu meteorit Mars yuzasidan katta asteroid bilan to‘qnashuv oqibatida yerga yetib kelgan. Tosh taxminan 225 million kilometr masofani bosib o‘tgan va Sahro yorida yerga tushgan. U Nigerda 2023 yil noyabr oyida topilgan.
Hozirda meteorit taxminan 2 milliondan 4 million dollargacha bo‘lgan narxda sotiladi.