15 avgust kuni kamida 111 kishi Marokkodan Ispaniyaga qarashli Seuta anklaviga quruqlik orqali kirishga uringan. Bu ijtimoiy tarmoqlarda chegarani ommaviy ravishda kesib o‘tishga chaqiriqlar tarqalganidan so‘ng sodir bo‘lgan.
Marokko Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida faqat ikki nafari Marokko fuqarosi, qolganlari Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika davlatlari fuqarolari bo‘lgan.
Ispaniyaning EFE agentligiga ko‘ra, migrantlar guruhini tarqatish uchun Marokko polisiyasi ko‘z yoshartuvchi gazdan foydalangan.
So‘nggi kunlarda Marokko hukumati ijtimoiy tarmoqlar orqali noqonuniy migrasiyaga undash yoki unga yordam berishda gumon qilingan 60 dan ortiq kishini ham qo‘lga olgan.