AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 27 mart kuni G7 mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Fransiyaga boradi. Tadbir Serne-la-Vil shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Davlat departamenti ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotida aytilishicha, Davlat kotibi hamkor davlatlarning tashqi ishlar vazirlari bilan umumiy xavfsizlik masalalari va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun uchrashuvlar o‘tkazadi.
«Diqqat markazida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, Yaqin Sharqdagi vaziyat, shuningdek, butun dunyodagi tinchlik va barqarorlikka tahdidlar bo‘ladi», — deyiladi muassasa rasmiy vakili Tommi Pigottning bayonotida.