Bu haqda Toshkent investisiya forumi doirasida Qozog‘iston Xorijiy investorlar kengashi assosiasiyasi direktori Janna Baydasheva aytib o‘tdi.
"Ishonchim komilki, bizning yangi mintaqaviy investisiya Kengashlari alyansimiz investorlar ishonchini mustahkamlash, yagona mintaqaviy investisiya kun tartibini yaratish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish uchun yanada muhim mexanizmga aylanishi mumkin", deb xulosa qildi u.
Uning fikricha, transchegaraviy investisiya loyihalari ayniqsa muhim: transport yo‘laklari, logistika infratuzilmasi, energetika, raqamli kommunikasiyalar va sanoat kooperasiyasini rivojlantirish — butun mintaqa uchun iqtisodiy o‘sishning yangi omili bo‘lishi mumkin.