Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Markaziy bank 5 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bank 5 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025 yilning fevral oyidagi yig‘ilishlarida 43 ta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 31 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (8 ta), yangi ochilayotgan mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish (3 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (5 ta), vakolatxona ochishga ruxsat berish (1 ta), tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (13 ta) bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan.

Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 12 ta masala — Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklarida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari ham muhokama qilindi.

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, jumladan, Markaziy bank ko‘rsatmalari va qonunchilik talablariga rioya qilinmagani uchun 3 ta bank chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilik, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 5 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llandi.

Kiritildi: 16:29 25.03.2025. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!