Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Marin Le Pen Fransiyadagi prezidentlik saylovi reytingida yetakchilik qilmoqda

Marin Le Pen Fransiyadagi prezidentlik saylovi reytingida yetakchilik qilmoqda

Agar Fransiyada prezidentlik saylovi hozir o‘tkazilganida, o‘ta o‘ng qarashdagi «Milliy birlashuv» partiyasi yetakchisi Marin Le Pen birinchi turda 36 foiz ovoz to‘plagan bo‘lar edi. Bu haqda Ifop institutining LCI va Le Figaro nashrlari buyurtmasi bilan o‘tkazgan so‘rovi natijalarida aytilgan.

So‘rovga ko‘ra, prezident Emmanuel Makronning sobiq bosh vaziri Eduar Filipp 19 foiz ovoz olgan bo‘lar edi. Yana bir sobiq bosh vazir Gabriel Attal hamda so‘l qanot siyosatchisi Jan-Lyuk Melanshon esa 15 foizdan qo‘llab-quvvatlovga ega.

Ikkinchi turda Marin Le Pen Eduar Filippni 54 foizga qarshi 46 foiz, Gabriel Attalni 55 foizga qarshi 45 foiz, Jan-Lyuk Melanshonni esa 70 foizga qarshi 30 foiz hisobida mag‘lub etadi.

Toluna Harris Interactive kompaniyasining M6 va RTL telekanallari uchun o‘tkazgan yana bir ijtimoiy so‘rovi ham shunga o‘xshash natijalarni ko‘rsatgan.

Avvalroq Parij apellyasiya sudi Marin Le Penga Yevropa Ittifoqi mablag‘larini maqsadsiz sarflash ishi bo‘yicha chiqarilgan hukmni yumshatib, uning saylanadigan lavozimlarda ishlash taqiqi muddatini qisqartirgan edi. Bu qaror unga 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etish imkonini berdi.

Marin Le Pen esa prezidentlik saylovida qatnashishini allaqachon rasman e’lon qilgan.

Kiritildi: 21:22 10.07.2026. O'qildi: 1318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!