Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

"Marg‘ilon saxovati" guruhi tomonidan 100 nafar bolalarga Xatna to‘ylari o‘tkazib berildi

"Marg‘ilon saxovati" guruhi tomonidan 100 nafar bolalarga Xatna to‘ylari o‘tkazib berildi

"Har bir bolaga mehr va e’tibor" nomli aksiya doirasida Marg‘ilon shahridagi muhtasham “Osh markazi” majmuasida Farg‘ona viloyatining turli hududlarida istiqomat qiluvchi bolalarning to‘yi o‘tkazildi.

Xususiy tadbirkor A’zamjon Ahmadjonov boshchiligidagi “Marg‘ilon saxovati” guruhi a’zolari tomonidan o‘tkazilgan sahovat tadbiri ko‘pchilikka quvonch ulashdi.

— Bir emas ikki nafar jondan aziz dilbandlarimning to‘yi o‘tkazildi. Farzandlarim otasining avtohalokat sababli yurish imkoniyati cheklangan, o‘zimning kunlik ishlab topayotgan mablag‘im ro‘zg‘or tebratishga bazo‘r yetadi. To‘y o‘tkazishni-ku xayolimizga ham keltirolmasdik... Orzularimizni ro‘yobga chiqarishda yaqindan yordam bergan, o‘g‘illarimni ko‘zlariga quvonch ulashgan tashkilotchilarga ming rahmat. — deydi qo‘shtepalik Muazzamxon Ortiqova.

Shuningdek, xayriya tadbiri davomida qo‘shtepalik Ziyovuddin va Sirdaryo viloyatilik Xayrinisoxonlarning nikoh to‘ylari ham homiylar tomonidan o‘tkazib berildi. Poytaxtdan tashrif buyurgan el ardog‘idagi sohirnafas san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi, deya xabar bermoqda Marg‘ilon shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kiritildi: 23:05 28.03.2022. O'qildi: 2823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!