Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

«Manchester Yunayted» «Real» hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Manchester Yunayted» «Real» hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Madridning “Real” jamoasida to‘p surayotgan braziliyalik hujumchi Endrikni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi qishki transfer oynasida “Manchester Yunayted”ga ijara asosida o‘tishi mumkin. Ayni paytda Endrikka taxminan sakkizta klub jiddiy qiziqib turgani aytilmoqda. Biroq “Real” Madrid futbolchini sotishni rejalashtirmayapti. Klub rahbariyati uning rivojlanishini ta’minlash maqsadida boshqa jamoaga ijara asosida berish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Shu bois, futbolchining kelajagiga yaqin kunlarda aniqlik kiritilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Endrik “Real” safida hali birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. Bunga futbolchining jarohati sabab bo‘lgan. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 35 million yevroga baholanmoqda.

Avvalroq Endrikga Angliya Premyer-ligasining yana bir klubi — “Vest Hem”, shuningdek, Ispaniyaning “Valensiya” jamoalari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 23:49 18.10.2025. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!