Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

«Manchester Yunayted» de Xeani qaytarmoqchi

«Manchester Yunayted» de Xeani qaytarmoqchi

"Fiorentina" darvozaboni David De Xeaga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar 34 yoshli futbolchining tovon puli qanchaga tushishini italyan klubi vakillaridan so‘ragan. Qayd etilishicha, bunday kelishuv nisbatan arzon bo‘ladi, shuning uchun "MYu" seleksion xizmati 13 yil davomida "qizil iblislar" safida to‘p tepgan futbolchini qaytarish variantini ko‘rib chiqishda davom etmoqda.

Avvalroq darvozabon intervyularidan birida Angliya Premyer-ligasida faqat "Manchester Yunayted"da o‘ynashini aytgandi.

Kiritildi: 21:50 17.08.2025. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!