Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

"Manchester Yunayted" 100 000 o‘rinli yangi stadion qurilishini e’lon qildi

"Manchester Yunayted" 100 000 o‘rinli yangi stadion qurilishini e’lon qildi

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi tez orada "Old Trafford" o‘rniga yangi stadion qurishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Klub "Old Trafford" hududini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida 100 ming tomoshabinga mo‘ljallangan arena qurish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Seshanba kuni Foster + Partners arxitektura guruhi bo‘lajak stadion va unga tutash hududning konseptual tasvirlarini taqdim etdi.

Yangi stadion Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga yiliga 7,3 milliard funt keltirishi, qo‘shimcha 92 ming ish o‘rni yaratish va 17 ming yangi uy-joy qurish imkonini berishi kutilmoqda.

Qurilish qiymati taxminan 2 milliard funt sterlingga baholanmoqda.

Foster + Partners rahbari, arxitektor lord Norman Foster qurilishni 5 yil ichida yakunlashni rejalashtirayotganini aytdi.

Kiritildi: 08:45 12.03.2025. O'qildi: 867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!