Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

"Manchester Siti" yulduzi Saudiyadan ko‘ra AQShga ketishni ma’qul ko‘rmoqda

"Manchester Siti" yulduzi Saudiyadan ko‘ra AQShga ketishni ma’qul ko‘rmoqda

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne tez orada klubini o‘zgartiradi.

33 yoshli futbolchi mavsum yakunlangach, erkin agent sifatida "shaharliklar" safini tark etadi. The Athletic xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi allaqachon "Inter Mayami" bilan muzokara o‘tkazgan, biroq "lochinlar"ga kelishuvni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. De Bryuynega asosiy da’vogar "Chikago Fayr" bo‘lib qolmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, yulduz xavbekning o‘zi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishdan ko‘ra MLS variantini afzal ko‘rmoqda.

Kevin de Bryuyne o‘n yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, futbolchiga Yevropaning top-chempionatlarida ham talab bor.

Kiritildi: 10:12 02.05.2025. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!