Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

«Manchester Siti» yulduzi Abduqodir Husanovga qanday yordam berganini aytdi

«Manchester Siti» yulduzi Abduqodir Husanovga qanday yordam berganini aytdi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.

— Husanov uchun oson bo‘lmadi. Yangi mamlakatga kelib, ingliz tilini yaxshi bilmagan holda moslashish qiyin. U faqat bir haftacha mashg‘ulot o‘tkazdi, shuning uchun jamoada futbolchilar kam bo‘lgan paytda «Chelsi»ga qarshi muhim o‘yinga tushishiga to‘g‘ri keldi. Bu jamoa uchun ham og‘ir palla edi.

U o‘zining birinchi harakatida xatoga yo‘l qo‘ydi, va men unga bosimni ozgina yengillashtirishga harakat qildim. U ajoyib iqtidorga ega va shunday vaziyatlarda tajribali futbolchilar ham xatolarga yo‘l qo‘yishini tushunishi kerak. Eng muhimi – bunday paytlarda qanday javob berishing. Husanov shundan so‘ng tinchlanib, o‘yinga ko‘nikib ketdi. Bu uning xarakteri va rivojlanish salohiyatini ko‘rsatadi, – dedi Silva.

Kiritildi: 03:02 02.03.2025. O'qildi: 2499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!