Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Manchester Siti" yangi xaridni amalga oshirdi

"Manchester Siti" yangi xaridni amalga oshirdi

"Manchester Siti" "Milan" yarim himoyachisi Tidjani Reyndersning transferini e’lon qildi.

Niderlandiya terma jamoasining 26 yoshli futbolchisi “shaharliklar” bilan 2030 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Oldinroq "Man Siti" "Milan"ga bonuslar bilan birga 70 million yevro to‘lashi ma’lum bo‘lgan edi. Belgilangan transfer summasi 57 million yevro.

O‘tgan mavsumda Tidjani A Seriyada 37 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:31 11.06.2025. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!