Rayan Ait-Nuri "Manchester Siti"ga o‘tishni yakunladi.
Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, 23 yoshli himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va yakshanba kuni "Siti" bilan shartnoma imzolaydi.
Avvalroq, "Man Siti" Ait-Nuri uchun "Vulverxempton"ga 40 million yevro to‘lashi aytilgandi.
O‘tgan mavsumda Rayan Premyer-ligada 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.