Angliya chempionati 2-turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Tottenxem"ni qabul qildi. Bahsda londonliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
35-daqiqada Brennan Jonson hisobni ochdi, 45+2-daqiqada Jeyms Traffordning xatosidan Joau Palinya foydalandi va yakuniy hisobni o‘rnatdi - 2:0.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.
"Tottenxem" 30 avgust kuni "Bornmut"ni qabul qiladi. "Manchester Siti" 31-kuni "Brayton" mehmoni bo‘ladi.