«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettiradi.
Taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng klublar transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Transfer qiymati 125 million funtdan ortiqni tashkil etadi. Ensoning o‘zi faqat «Manchester Siti»ga o‘tishni istagan va endi tibbiy ko‘rikdan o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, bitimning umumiy qiymati 125 million funtni tashkil etadi. Bu Angliya Premyer-ligasi transfer rekordining takrorlanishi hisoblanadi. Bundan bir yil avval «Liverpul» hujumchi Aleksandr Isak uchun «Nyukasl»ga xuddi shu miqdorda mablag‘ to‘lagan edi.
Fernandes o‘tgan mavsumda APLda 36 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.