Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Manchester Siti" rahbariyati Gvardiolaning Vinisius bo‘yicha so‘rovini rad etdi

"Manchester Siti" rahbariyati Gvardiolaning Vinisius bo‘yicha so‘rovini rad etdi

"Real" hujumchisi Vinisius Junior "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin edi.

Jurnalist Sasha Tavolyerining yozishicha, braziliyalikning agenti o‘z mijozining xizmatlarini "Manchester Siti"ga taklif qilgan. Shuningdek, u "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan ham muzokara o‘tkazdi. Ispaniyalik mutaxassisga Vinisiusni sotib olish g‘oyasi yoqdi, ammo "Manchester Siti" rahbariyati e’tiborni boshqa futbolchilarga qaratishga qaror qildi.

Vinisius Junior "Real" safida 2018 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda forvard 31 ta o‘yinda maydonga tushib, yettita gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:57 27.01.2026. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!