Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Rossiya Federasiyasining hududlarida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi bosh konsullari ishtirok etdi. Bu esa joylardagi amaliy ish tajribasini inobatga olgan holda ko‘tarilgan masalalarni aniq va atroflicha ko‘rib chiqish imkonini berdi. Rossiya tomonidan esa diplomatik vakolatxonaning konsullik bo‘limi rahbariyati, migrasiya masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari qatnashdi.
O‘zbekiston tomoni migrasiya tekshiruvlari va reyd tadbirlari o‘tkazilayotgan jarayonda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ham qonunga rioya qilayotgan, ham migrasiya qonunini buzgan fuqarolarning huquqlari va insoniy qadr-qimmatini kamsitishning har qanday shakliga yo‘l qo‘yilmasligi prinsipial ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.